
Navoiy viloyatida 5 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Viloyati YHXB holat yuzasidan ma'lumit berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 24-fevral kuni Qiziltepa tumani Toshrabot qoʻrgʻoni “Qalʼai Azizon” MFY hududidan oʻtuvchi davlat ahamiyatiga ega 4R-63 avtomobil yoʻlining 68-69-kilometrlari oraligʻida yuz bergan.
N.U. ismli haydovchi Malibu rusumli avtomashinasida ichki koʻchadan harakatlanib chiqayotib, birinchi darajali yoʻldan kelayotgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashuv sodir etgan. Shundan soʻng, ushbu mashinalar yoʻlning chekka qismida turgan “Damas”, “Nexia-3” hamda “Lacetti” rusumli avtomashinalarga kelib urilgan.
Oʻrganishlar davomida mazkur YHT oqibatida fuqarolar tan jarohati olmagani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tuman IIB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.




