Navoiyda Yangi yil tadbiriga chaqirilgan 79 yoshli bog‘cha mudirasi YTH oqibatida vafot etdi
Navoiyda Yangi yil tadbiriga chaqirilgan 79 yoshli bog‘cha mudirasi YTH oqibatida vafot etdi.
Navoiyda qoldirilgan Yangi yil tadbiriga ketayotgan bog‘cha mudiralari Konimex—Zarafshon yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida yo‘l transport hodisasiga uchragan. Holat kecha, 28-dekabr kuni sodir bo‘lgan.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi topshirig‘i bilan olis hududlar – Uchquduq va Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shahridan ta’lim tizimi xodimlari Navoiy shahriga tadbirga chaqirilgan.
Tadbirga Zarafshon shahridan kelayotgan 4 nafar bog‘cha mudirasi yo‘lda yo‘l transport hodisasiga uchragan. Ulardan biri mashina boshqaruvida bo‘lgan. Hodisa oqibatida bir nafar mudira voqea joyida vafot etgan. Qolgan uch kishi esa olingan turli tan jarohatlari natijasida shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ularning holati yaxshi ekani aytilmoqda.
bog‘cha, Navoiyda, Yangi, tadbiriga, chaqirilgan, mudirasi, oqibatida, vafot, transport, hodisasiga, uchragan, bo‘lgan, Navoiy, Zarafshon, shahridan, nafar, yoshli, qoldirilgan, ketayotgan




