14:09 / 19.02.2025
115 130

Sirdaryodagi bog`chada 6 yoshli bolaga igna bilan tahdid qilindi UzNur.uz

 Sirdaryodagi bog`chada 6 yoshli bolaga igna bilan tahdid qilindi



Amaliyot o`tash uchun kelgan talaba qizga bu ishi uchun 375 ming so`m jarima tayinlandi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 10 fevral kuni Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi bolalar bog`chalaridan birida sodir bo`lgan. 
"O`sha kuni kechqurun keldi o`lim. Aya igna tiqdi, dedi. Birinchi, o`rtoqlarimga tiqdi, menga tiqmadi, dedi. Keyin, o`rtoqlarining onalariga telefon qilib, so`radim, ularning farzandlariga igna sanchilmaganini aytishdi. Keyin, o`g`limni videoga olib, xo`jayinimga jo`natdim. O`g`lim yig`lab, qaerlariga igna sanchganini ko`rsatib berdi", - deydi tarbiyalanuvchining onasi.
Qayd etilishicha, kasb-hunar maktabining amaliyotchi talabasi mazkur bog`chaga amaliyot o`tash uchun kelgan bo`lgan. Tarbiyachi imtihon topshirish uchun ketgani sabab amaliyotchi qizning vazifasi u erdagi bolalarga qarab turish bo`lgan. Bolalarga qarash chog`ida u 6 yoshli bolaning tanasiga igna sanchgan.
Ekspertiza xulosasiga ko`ra, bolaga engil tan jarohati etkazilgan. Mazkur amaliyotchi talaba qizga BHMning bir baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.


Sirdaryo, talaba
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing