10:39 / 27.01.2025
69 874

Cyber University davlat universiteti bu yildan o`z faoliyatini boshlaydi

Prezident Raqamli texnologiyalar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining Cyber University davlat universitetini tashkil qilish taklifini ma’qulladi.


 

Universitet axborotni himoya qilish, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt va robototexnika sohalarida kadr tayyorlaydi. 

Universitet to‘liq akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv jihatdan mustaqil bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Cyber Universitet Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali bino va inshootlariga joylashtiriladi. 

Nurafshon filiali faoliyati 2024/2025 o‘quv yilidan so‘ng tugatilib, talabalar Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tegishli kurslariga ko‘chiriladi. 

Cyber Universitet'ga 2025/2026 yillarda bakalavriat uchun 100 ta davlat granti ajratiladi. Universitet kuzatuv kengashi har yili 1 aprelga qadar to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini tasdiqlaydi.  

O‘qish 2025 yil sentyabrdan boshlanadi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing