10:05 / 22.01.2025
78 258

Oʻzbekistonda “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi UzNur.uz

 
Prezident “Cyber university” davlat universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” qaror qabul qildi.

Qarorga koʻra, Universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda: 
– axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash;
– raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
– oʻquv jarayonini ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-taʼlim muhitining rivojlanishiga koʻmaklashish;
– yoshlarning bilim olishi va kasb egallashiga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, davlat organlari, korxonalari hamda boshqa tashkilotlarni kadrlar bilan taʼminlashda saralash va qamrovni kengaytirish;
– oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va isteʼmolchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish;
– tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing