10:47 / 11.12.2024
148 858

Yangi O‘zbekiston universitetida tibbiyot fakulteti, klinika va tadqiqot markazi ochiladi

 

Yangi O‘zbekiston universitetida tibbiyot fakulteti, klinika va tadqiqot markazi ochiladi.

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, "Yangi O‘zbekiston" universiteti rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida amalga oshirilayotgan ishlar, natija va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berildi:

Mazkur tibbiyot klasteri Markaziy Osiyodagi ilk nemis standartlari asosida faoliyat yurituvchi yirik majmua bo‘lib, u tibbiyot fanlari bo‘yicha dunyoda 98-o‘rinni egallagan Frayberg universiteti, hamda Mangold konsalting kabi bir qancha yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda quriladi. 

Shuningdek, bosqichma-bosqich magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat yo‘nalishlari ochish ham rejalashtirilgan. Misol uchun, keyingi 2025/2026 o‘quv yilidan iqtisodiyot bo‘yicha magistratura mutaxassisligi joriy etish ishlari olib borilmoqda. 

Yildan-yilga universitetga qabul qilinayotgan talabalar soni oshib borayotgani sayin ularning sifati ham ortib bormoqda.

2024 yilda 480 nafar eng iste’dodli yoshlar bakalavriat bosqichiga saralab olindi. Ushbu talabalarning barchasida ingliz tilidan xorijiy sertifikat mavjud bo‘lib, IELTS baholash tizimi bo‘yicha ularning bilim darajasi 7 ball (C1 daraja)ni tashkil etadi. 

Ushbu talabalarning 466 nafari, ya’ni 97% qismida matematikadan ham xalqaro SAT yoki A-Level sertifikatlari bor.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida ta’lim sifatiga e’tibor eng asosiy masala hisoblanadi. Sifali ta’lim olish uchun yetarlicha sharoit va malakali professor-o‘qituvchilarni jalb qilish masalasiga har doim jiddiy qaralgan. Hozir universitetda jami 66 nafar professor-o‘qituvchi talabalarga bilim berayotgan bo‘lib, ularning 31 nafari xorijliklar hisoblanadi.

Universitetda hozirgi kunda Mexanika muhandisligi, Fizika va astronomiya, Kompyutershunoslik va ma’lumotlar tahlili, Kimyo muhandisligi va materialshunoslik, Matematika, Menejment va iqtisodiyot, Barqaror rivojlanish hamda Ijtimoiy gumanitar fanlar bo‘yicha 8 ta tadqiqot guruhi faoliyat yuritmoqda. Mazkur guruhlar 50 dan ortiq tadqiqotchi-olimni birlashtiradi.


yangi, O'zbekiston, tibbiyot, universitet, 2024, 2024 yil
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing