10:06 / 27.01.2025
69 463

Bugun Temur Kapadze terma jamoamizda ilk debyutini o`tkazadi

Bugun, 27 yanvar kuni Qatarda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘in doirasida Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

43 yoshli Temur Kapadze terma jamoa bosh murabbiyi sifatida futbolchilarni maydonga olib tushadi. Mazkur yig‘inga asosan mahalliy, ya’ni O‘zbekiston chempionatida to‘p tepuvchi yigitlar jalb etilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Iordaniya o‘yiniga Doha shahridagi “Abdulloh bin Xalifa” stadioni mezbonlik qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. 


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing