16:32 / 25.01.2025
72 799
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5,3 mln so‘mni tashkil etdi UzNur.uz
Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 9 mln so‘m bilan Toshkentga, eng past ko‘rsatkich esa 3,7 mln so‘m bilan Qashqadaryoga to‘g‘ri keldi.
2024-yilda O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln 357 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqida Statistika agentligi ma'lum qildi.
Otgan yilning yanvar-dekabr oylarida qayd etilgan mazkur ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 17,4%ga o‘sgan.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi — 9 mln 072 ming so‘m (21,4%).
Undan keyingi o‘rinlarda 6 mln 766 ming so‘m bilan Navoiy hamda 5 mln 99 ming so‘m bilan Toshkent viloyatlari turibdi.
Eng kam o‘rtacha oylik ish haqi esa 3 mln 785 ming so‘m bilan Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni

“Maktab darsliklarining ijara to‘lovlari masalasini qayta ko‘rib chiqish kerak” — deputat Alisher Qodirov

2024-yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 30%ga oshdi

O‘zbekiston-AQSH savdo aylanmasi rekord darajada o‘sdi

Tibbiyot xodimlarining maoshi ko’tariladi