Tibbiyot xodimlarining maoshi ko’tariladi.
Kecha, 24-dekabr kuni Prezident huzurida sogʻliqni saqlash sohasida qilingan ishlar va 2025-yilga moʻljallangan ustuvor vazifalar koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanishicha, keyingi yilda sogʻliqni saqlash sohasiga 41 trillion soʻm ajratiladi. Buning hisobidan esa yangi shifoxonalar tashkil etish va jihozlash, mavjud quvvatlarni kengaytirish, tibbiy koʻrik qamrovini kengaytirish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, 2025-yilda tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari oshiriladi. Oilaviy shifokorlarning mehnat samaradorligi asosida ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.
Keyingi yildan davlat tibbiy sugʻurtasi amaliyotlari ham joriy qilinadi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida ushbu amaliyot yoʻlga qoʻyiladi.
Yigʻilishda kadrlar masalasiga ham eʼtibor qaratilib, tibbiy oʻquv yurtlarida taʼlim sifatini oshirish, uni amaliyot bilan hamohangligini mustahkamlash, bitiruvchilarning birlamchi boʻgʻinda tajriba orttirishini tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.
tibbiy, xodimlarining, sogʻliqni, saqlash, tashkil, etish, kengaytirish, bilan, joriy, amaliyot, Tibbiyot, maoshi, ko’tariladi, Kecha, 24dekabr, Prezident, huzurida, sohasida, qilingan




