18:51 / 20.01.2025
81 063

2024-yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 30%ga oshdi

 

2024-yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 30%ga oshdi.

Jami $14,8 mlrd mablag‘larning 77%i yoki $11,5 mlrdi Rossiyadan jo‘natilgan. Undan keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston va AQSh joy oldi.
2024-yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $14,8 mlrdni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bankning jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalari bo‘yicha qisqacha sharhida keltirilgan.
Ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 30%ga yoki $3,4 mlrdga oshgan. O‘z navbatida, bu deyarli regulyatorning o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha prognozlariga yetdi.
O‘tkazmalarning 77%i Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Yanvar-dekabr oylarida mamlakatdan jami $11,5 mlrd miqdorida pul jo‘natmalari amalga oshirilgan bo‘lib, bu oldingi yilga nisbatan 29%ga oshgan.
Undan keyingi o‘rinlarda $795 mln bilan Qozog‘iston hamda $577 mln (+35%) bilan AQSh turibdi. Janubiy Koreya esa Qo‘shma Shtatlardan biroz kamroq farq — $534 mln (+56%) bilan keyingi pog‘onada joylashdi.
Shuningdek, transfertlarning qolgan qismi Turkiya ($405 mln), Buyuk Britaniya ($135 mln, +83%) va boshqa mamlakatlardan o‘tkazilgan. O‘tgan davrda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 32%ga o‘sish kuzatildi.


keyingi, bilan, 2024yilda, O‘zbekistonga, xorijdan, o‘tkazmalari, hajmi, Undan, Qozog‘iston, bo‘yicha, nisbatan, oshgan, oshdi, mablag‘larning, mlrdi, Rossiyadan, jo‘natilgan, o‘rinlarni, mlrdni
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing