10:44 / 24.01.2025
503 561
Buxoroda soxta 132 mln so‘mni $3 mingga sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi
IIV ma’lumotiga ko‘ra, G‘ijduvon tumanida 26 yashar yigit soxta pul sotishga uringan paytda qo‘lga tushgan.
Uning yonidan alyumin six, soxta pul o‘rash uchun qog‘oz bog‘lagich va plastik paketlar topildi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu pullarni u Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi ikki shaxsdan olgan. Ular ijaradagi uyda 100 ming so‘mlik kupyuralarni printerda tayyorlashgan. Ulardan ham 28 mln so‘m soxta pul va uskunalar topildi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda 10 oyda 5,8 mlrd so‘mlik ish haqi va nafaqa talon-taroj qilingan
Jizzaxda qalbaki pul ishlab chiqaruvchilar 1 milliard so‘m sotmoqchi bo‘ldi
Qurilish maydonidagi daraxtlarni payhon qilish va shikastlash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi
Kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan yigit ishi yopildi
Yangihayot tumanida to'xtatilgan Spark rusumli avtomashina yo'lovchisining yonidan noqonuniy moddalar topildi