15:32 / 10.12.2024
149 810

Jizzaxda qalbaki pul ishlab chiqaruvchilar 1 milliard so‘m sotmoqchi bo‘ldi

 

Jizzaxda qalbaki pul ishlab chiqaruvchilar 1 milliard so‘m sotmoqchi bo‘ldi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari qalbaki pul uchun bozor qidirib yurgan uch nafar shaxsni qo‘lga oldi. Ular oddiy printerda chop etilgan qariyb 1 milliard so‘mni sotishga harakat qilishgan, deb yozadi O‘zA.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona viloyatida yashovchi uch nafar fuqaro ashyoviy dalil bilan ushlandi. Qayd etilishicha, ular Jizzax viloyatida 998,7 million so‘mni 27,2 ming AQSh dollariga sotishga uringan.

Tergovga qadar o‘tkazilgan tekshirish davomida 200 000, 100 000 va 20 000 so‘mlik banknotalar siyohli printer yordamida chop etilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergov davom etmoqda.


Jizzax, 2024, 2024 yil, pul, qalbaki, xabar, uznur
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing