15:33 / 06.01.2025
104 559

Kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan yigit ishi yopildi

 

Kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan yigit ishi yopildi.


Avvalroq Buxoro viloyati IIB kiberxavfsizlik bo‘limi 17 yoshli yigitni 34 mlrd so‘mlik($2,7 mln) noqonuniy kriptovalyuta muomalasi uchun qo‘lga olgani haqida xabar berganildi.

Viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi Murodjon Zuvurovga nisbatan ochilgan jinoyat ishini tugatdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi maslahatchisi Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Buni “ajoyib yangilik” deya baham ko‘rgan sobiq deputatning qayd etishicha, hal qiluv qarorini chiqarishda Zuvurov ishi ijtimoiy xavfli emasligi hamda oilaviy ahvoli kabilar inobatga olingan.

Shuningdek, tergovchi podpolkovnik E.Qosimov uning oilada yolg‘iz farzand ekanligi, jinoyatni ochishda faol yordam berganligini, aybiga to‘liq iqror bo‘lgani va qilgan ishidan pushaymonligini ta’kidlagan.

“Quvonchlisi, bugun Murodjon timsolida minglab O‘zbekiston yoshlarining ruhi sindirilmadi, qaddi bukilmadi. Endi u jinoyatchi emas, haqiqiy qahramon”, — deb yozadi sobiq deputat.

Kusherbayev jinoyat ishining yopilishini “insonparvar yondoshuv” deb atadi hamda tergovchiga nisbatan o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

Shuningdek, tergov jarayonida olingan bir dona “iPhone 15 Pro Max” telefoni Zuvurovga qaytarilishi, qolgan ashyoviy dalillar jinoyat ishi hujjatlari bilan birga saqlanishi belgilangan.

Qarordan ma’lum bo‘lishicha, u 2024-yilning may oyidan noyabrgacha “Binance” kripto-birjasidan ro‘yxatdan o‘tib, ilova orqali operatsiyalarni amalga oshirgan.

Xususan, davomli harakatlari bilan Murodjon Zuvurov jami 1 865 marotaba amaliyot bajarib, 17,33 mlrd so‘mlik USDT kriptovalyutasini sotib olib, jami 3 364 marotaba 17,34 mlrd so‘mlik kripto sotgan.


bilan, Murodjon, jinoyat, Zuvurovga, nisbatan, Kusherbayev, ma’lum, sobiq, Zuvurov, hamda, olingan, Shuningdek, marotaba, so‘mlik, Kriptoaktivlar, aylanmasi, shug‘ullangan, yigit, yopildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing