11:47 / 19.12.2024
135 267

Yangihayot tumanida to'xtatilgan Spark rusumli avtomashina yo'lovchisining yonidan noqonuniy moddalar topildi

 

Yangihayot tumanida to'xtatilgan Spark rusumli avtomashina yo'lovchisining yonidan noqonuniy moddalar topildi.

2024 yil 18-dekabr kuni soat 23:10 larda Yangihayot tumaniga xizmatga jalb qilingan  YPX inspektori serjant A.Toliyev tomonidan Spark rusumli avtomashina toʼxtatilib tekshirilganda yo'lovchisi 1998-yilda tugʼilgan A.S.ning koʼrinishi va xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uygʼotgan. Xolislar ishtirokida tekshirilganda fuqaro A.S.ning yonidan jigar rangli, o‘tkir hidli giyohvandlik moddasiga o'xshash modda topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A.S. va aniqlangan modda Yangihayot tumani IIO FMBga topshirilgan.


Yangihayot, tumanida, to'xtatilgan, Spark, rusumli, noqonuniy, moddalar, topildi, UZNUR, Yangihayot tumanida to'xtatilgan Spark rusumli avtomashina yo'lovchisining yonidan noqonuniy moddalar topildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing