11:01 / 10.01.2025
98 103

FVBining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

 

FVBining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i o‘zining mansabdor tanishlari orqali, Guliston shahrida yashovchi, 1995 y.t. fuqaroni shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

tezkor, bo‘linmasi, boshlig‘i, dollari, olgan, vaqtida, ushlandi, vaziyatlar, FVBining, Huquqni, muhofaza, qiluvchi, organlar, tomonidan, o‘tkazilgan, tadbirda, Sirdaryo, viloyati, Sayxunobod
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing