10:41 / 10.01.2025
98 042
FVB boshlig‘i 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi
FVB boshlig‘i 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘zining 5 nafar oila-a’zolariga mazkur tuman hokimining 2021-yil fevral oyidagi qarori bilan limon yetishtirish uchun issiqxona tashkil etish maqsadida ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini o‘zining mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
bilan, boshlig‘i, dollari, olgan, vaqtida, ushlandi, o‘zining, uchun, berish, bandi, Namangan, viloyati, tumani, favqulodda, vaziyatlar, bo‘limi, nafar, oilaa’zolariga, mazkur
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

“Umra” ziyoratiga jo‘natish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Organ xodimlariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish taqiqlandi

“Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

“O‘zbekiston” sport majmuasida Kuch tuzilmalar o‘rtasida qo‘l jangi chempionati bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni