09:46 / 07.01.2025
187 313

Kir mashinaga tiqilib qolgan bolakay qutqarildi

 

Kir mashinaga tiqilib qolgan bolakay qutqarildi.

Kecha, 6-yanvar kuni soat 18:40 da Jizzax viloyati Jizzax shahri, Ittifoq mahallasidagi ko’p qavatli uylarning birida bolakay ehtiyotsizlik oqibatida kir mashinaning quritish qismida qisilib qolganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Zudlik bilan FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida bolakay sog‘-salomat chiqarib olinib, ota-onasiga topshirilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.


bolakay, Jizzax, mashinaga, tiqilib, qolgan, qutqarildi, Kecha, 6yanvar, viloyati, shahri, Ittifoq, mahallasidagi, qavatli, uylarning, birida, ehtiyotsizlik, oqibatida, mashinaning, quritish
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing