09:07 / 07.01.2025
103 956

Mamlakatimizda piyozdan shakar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilishi mumkin

 

Mamlakatimizda piyozdan shakar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilishi mumkin.

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Jamshid Abduzuhurov Janubiy Koreyaning biolog olimlari va mamlakatimizda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan "GS-BIO" kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Unda koreys olimlari tomonidan istiqbolli deb topilgan uchta loyihani mamlakatimizda yo‘lga qo‘yish va buning uchun investitsiya jalb etish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda kompaniya vakillari va biolog olimlar bugun dunyoning rivojlangan davlatlarida piyozdan olinadigan shakarga bo‘lgan ehtiyojning ortayotgani, piyoz yetishtirish bo‘yicha esa mamlakatimiz jahondagi yetakchi davlatlar qatorida turishini e’tirof etishar ekan, aynan piyozdan shakar ishlab chiqarish va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. 

Shuningdek, sarimsoqpiyoz va qizilmiya ildizini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish hamda mevali daraxtlar uchun agrogidrogel ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z fikrlarini o‘rtaga tashlashdi. 

Vazirlik mutasaddilari loyihalar bilan tanishar ekan, mamlakatimizda aynan gidrogel mahsulotlarini  ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani, piyozdan shakar ishlab chiqarish esa dunyo miqyosida dolzarbligi va hali bu kabi zavod faoliyati hech bir davlatda  yo‘lga qo‘yilmagani bois, ushbu loyihaning samaradorligi, uni yo‘lga qo‘yish va kutilayotgan natijalar, piyoz shakarining eksport geografiyasi bo‘yicha kompaniya vakillari bilan fikr almashdi. 


Shuningdek, tomonlar sarimsoqpiyoz va qushqo‘nmas o‘simligini qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotning tabobatdagi ahamiyati, uni eksport qilish imkoniyatlari haqida o‘zaro fikr yuritishib, samarador deb topilgan loyihalar bo‘yicha hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishib olishdi.


yo‘lga, ishlab, chiqarish, bo‘yicha, piyozdan, shakar, mamlakatimizda, vakillari, bilan, qo‘yish, biolog, olimlari, faoliyati, topilgan, uchun, kompaniya, olinadigan, piyoz, aynan
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing