15:57 / 03.01.2025
110 189

Yangi yilning dastlabki oylarida Toshkent metropoliteni 9ta yangi tarkibni qabul qilishni rejalashtirmoqda

 

Yangi yilning dastlabki oylarida Toshkent metropoliteni 9ta yangi tarkibni qabul qilishni rejalashtirmoqda.

2024-yilda metropoliten vagon parki 17ta harakat tarkibi bilan to‘ldirildi, ulardan 3tasi dekabr oyi oxirida yetib keldi.


Yanvar oyida Toshkent metropoliteni 9ta yangi harakat tarkibini (36ta vagon) qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda metropoliten instruktori Bahodir Ergashev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o'tdi.
31-dekabr kuni poytaxt metropoliteni matbuot xizmati 12ta vagondan iborat uchta yangi tarkib vagon parkiga olib kelinganini ma'lum qildi. Hozirda poyezdlar 9−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, o‘tgan oyda metro ilk bor bir kunda 1 mln nafardan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko'rsatdi.
Bahodir Ergashevning qayd etishicha, oxirgi ikki yilda poytaxt metropoliteniga 14ta harakat tarkibi olib kelingan. Shu tariqa, 2024-yilda metropolitenga 68 vagonga mo‘ljallangan 17ta yangi poyezd yetkazib berildi.
“Bu poyezdlar elektr energiyasi tejamkorligi bilan ajralib turadi. 2025-yilning yanvar oyida yana 9ta harakat tarkibini olib kelish rejalashtirilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Sentabr oyida Toshkent metropoliteniga o‘tgan yil yakunidan 48ta yangi vagon yetkazib berilishi ma'lum  2025-yilda vagon parkini yana 56ta vagon bilan to‘ldirish rejalashtirilgan.


Natijada Chilonzor, O‘zbekiston, Yunusobod va Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida vagonlar soni ortishi hisobiga oraliq interval hozirgi 9, 4 daqiqadan 2−3 daqiqagacha kamaytiriladi.
Avvalroq “Spot” Toshkent metrosining 12ta bekatida yo‘l haqini kaft orqali to‘lash imkoniyati yaratilgani haqida xabar bergandik.


yangi, vagon, Toshkent, harakat, metropoliteni, bilan, oyida, qabul, qilishni, rejalashtirmoqda, 2024yilda, metropoliten, tarkibi, tarkibini, Bahodir, poytaxt, ma'lum, qildi, poyezdlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing