18:33 / 27.12.2024
122 016

Andijon viloyati hokimining suv va qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari vafot etdi

  

Andijon viloyatining suv va  qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Avazbek Ergashev 58 yoshida vafot etdi.

(https://t.me/Daryo/113635)
Avazbek Ergashev 1966-yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. Andijon paxtachilik instituti (hozirgi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti)ni tamomlagan. 
Mehnat faoliyatini 1983-yilda Oltinko‘l tumani “Oqtepa” shirkat xo‘jaligi a’zosi vazifasidan boshlagan.
2023-yildan buyon Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi
Marhumning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiriladi.


Andijon, qishloq xo'jaligi, Avazbek Ergashev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing