Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi.
Ergash Soliev Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
U 2017 yil oktyabrdan buyon viloyatga rahbarlik qilayotgan edi.
Ergash Soliev 2000–2012 yillarda Jizzax viloyati Paktakor tumani hokimi, 2012 yildan esa Jizzax davlat politeknik instituti rektori sifatida ishlagan. 2016–2017 yillarda Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimi bo'lgan.
Yaqin orada o’tkazilgan yig’ilishga ko’ra, O'zbekiston Prezidentining tegishli farmoni bilan Ulug'bek Mavlonovich Mustafoev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U 1968 yil 14 avgustda Jizzax viloyatida tug'ilgan, 1991 yilda Toshkent xalq xo'jalik institutini tamomlagan.
Ulug'bek Mustafoev avvalgi ish faoliyatida Markaziy bank raisining birinchi o'rinbosari va "O'zbekenergo" boshqaruv raisi sifatida xizmat qilgan. 2019 yildan buyon "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruv raisi sifatida faoliyat yuritayotgan edi.
Jizzax, viloyatiga, yangi, hokim, tayinlandi, UZNUR




