Mirziyoyev Aliyevga telefon qilib, aviahalokat munosabati bilan yana bir bor hamdardlik bildirdi
Mirziyoyev Aliyevga telefon qilib, aviahalokat munosabati bilan yana bir bor hamdardlik bildirdi.
Prezident jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevga Qozog‘istonning Aktau shahri yaqinida yo‘lovchi laynerining qulashi oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari Ozarbayjon rahbari orqali halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini, shuningdek, jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi, deyiladi xabarda.
Bokudan Grozniyga uchayotgan Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Embraer E190AR samolyoti Qozog‘istonning Aktau shahri aeroporti yaqinida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan. Omon qolganlarning ahvoli og‘ir yoki o‘rta og‘ir deb baholanmoqda.
hamdardlik, rahbari, Mirziyoyev, Aliyevga, munosabati, bilan, bildirdi, Prezident, jabrlanganlarning, tezroq, sog‘ayib, ketishini, tiladi, Ozarbayjon, Qozog‘istonning, Aktau, shahri, yaqinida, oqibatida




