14:39 / 21.12.2024
131 851

Toshkent viloyatida bir oilaning uch a'zosi gazdan zaharlanish oqibatida vafot etgan

 
Toshkent viloyatida bir oilaning uch a'zosi gazdan zaharlanish oqibatida vafot etgan.

2024 yil 19 dekabr kuni Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanining Xojakent qishlog'ida bir oilaning uch nafar a'zosi – er-xotin va farzandi, is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Bo'stonliq tumani prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, hodisa to'g'risida tuman IIB boshlig'iga ariza bilan murojaat qilgan fuqaro N.X. uning 35 yoshli opasi N.S., 43 yoshli pochchasi B.S. va 8 yoshli jiyani B.M. yashagan xonadonida vafot etganini bildirgan.
Bo'stonliq tuman sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, 35 yoshli N.S.ning o'limi is gazidan zaharlanish natijasida sodir bo'lgan.
Hodisa yuzasidan Bo'stonliq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Qishloqdagi ayrim manbalarga ko'ra, hodisaga tabiat gazining o'chib, qayta yoqilishi sabab bo'lishi mumkin. "Qishlog'imizda gazni istalgan paytda o'chirishadi, istalgan paytda yoqishadi", deydi o'sha qishloqda yashovchi manba.
Avvalroq, 2024 yil 17 dekabr kuni Qarshi shahrida 4 kishi – 46 yoshli erkak va uning 18, 16 va 10 yoshli uch farzandi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan edi.


yoshli, vafot, Bo'stonliq, zaharlanish, etgan, gazidan, Toshkent, oilaning, a'zosi, oqibatida, dekabr, farzandi, tumani, prokuraturasi, tuman, uning, ko'ra, istalgan, paytda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing