16:35 / 09.12.2024
151 420

Samarqandda ikki maktab o‘quvchisi otasining mashinasini o‘g‘irlab, baxtsiz hodisaga uchradi

 

Samarqandda ikki maktab o‘quvchisi otasining mashinasini o‘g‘irlab, baxtsiz hodisaga uchradi.

Ular boshqarayotgan Onix svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketib, 65 yoshli haydovchi boshqarayotgan Cobalt bilan to‘qnashib ketgan. YTH natijasida keksa haydovchi komaga tushib qolgan.

Samarqand viloyatida ikki nafar maktab o‘quvchisi otasining mashinasini o‘g‘irlab, baxtsiz hodisaga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Ovoza” axborot dasturida ma’lum qilindi.

Voqea 2024-yil 28-noyabr kuni taxminan soat 12:30 da sodir bo‘lgan. Samarqand shahrida yashovchi ikki nafar maktab o‘quvchisi otalariga tegishli “Onix” rusumli avtomashinani ruxsatsiz olib, shahar bo‘ylab sayrga chiqqan.

Ular Sadriddin Ayniy ko‘chasida svetoforning qizil chirog‘iga e’tibor bermay, 65 yoshli erkak boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketishgan.

Natijada Cobalt haydovchisi va maktab o‘quvchilari jarohat olgan va ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ko‘rikdan so‘ng maktab o‘quvchilariga engil jarohatlar bilan uylariga ketishlariga ruxsat berilgan, biroq 65 yoshli haydovchi komaga tushib qolgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Samarqand, 2024, 2024 yil, maktab, o'quvchisi, mashina, avariya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing