11:28 / 19.12.2024
135 332

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Toshkent viloyati hududiy boʻlimi tashkil etiladi

 

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Toshkent viloyati hududiy boʻlimi tashkil etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida 2024-yil 18-dekabrda qabul qilingan Hukumat qarori (849-son) asosida Toshkent viloyati hududiy boʻlimi tashkil etiladi.
2026-yil 1-iyungacha Toshkent viloyati boʻlimi xalqaro standartlar bilan uygʻunlashgan davlat standartlari talablariga javob beradigan binoga joylashtiriladi. Shuningdek, maxsus mebel, kompyuterlar va boshqa zarur texnika bilan taʼminlanadi. Bu jarayonda yuqori malakali professional kadrlar jalb qilinadi.

Laboratoriyalar va tadqiqotlar
Sud ekspertiza markazida iste'mol mahsulotlarining tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) mavjudligini aniqlash va ichimlik suvining tarkibini o'rganishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshiruvchi laboratoriya tashkil etiladi.

Ekspertiza va tadqiqot turlari
Hududiy boʻlimlarida quyidagi ekspertiza va tadqiqot turlari bosqichma-bosqich joriy etiladi:

2025-yil 1-oktyabr: Navoiy viloyati boʻlimida Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi va Sud-xatshunoslik hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizalari.
2026-yil 1-noyabr: Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimida Sud-fonografiya, sud-yongʻin texnika va elektrotexnika ekspertizalari.
2026-yil 1-dekabr: Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimida Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi va Sud-xatshunoslik hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizalari.


Sulaymonova, nomidagi, Respublika, ekspertiza
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing