10:47 / 16.11.2024
190 231

O‘zbekistonda qishda iste’molchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazib beriladi

 

O‘zbekistonda qishda iste’molchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazib beriladi.

Qish mavsumida O‘zbekiston iste’molchilariga 21 milliard kub metr gaz yetkazib berish rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtkazgan yigʻilishda soʻz bordi.

Yig‘ilishda 10 iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilgan ishlar yakunlari sarhisob qilindi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, elektr energiyasini barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida mutasaddilarning axboroti tinglandi.

Ta'kidlanganidek, gaz yetkazib berish hajmi ortib borayotgan talabga mos keladi. Modernizatsiya va energiya samaradorligini oshirish tufayli gaz yo‘qotishlari kamaydi, sanoat mahsuloti tannarxi 1,6 barobar arzonlashdi.

Harorat keskin pasaygan taqdirda, ortib borayotgan talabni qondirish uchun qo'shimcha choralar ko'rilmoqda. Ijtimoiy muassasa va korxonalarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezident turli hududlarda gazni hisobga olish va nazorat qilishni davom ettirish, yo‘qotishlarni kamaytirish, tejamkorlik imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, gaz sohasini transformatsiya qilish, raqamlashtirish va xususiy operatorlarni jalb qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Mirziyoyev xarajatlarni kamaytirish,optimallashtirish va xorijiy kompaniyalar ishtirokida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish muhimligini taʼkidladi.


prezident, gaz, kub, milliard gaz, qish, 2024 yil, 2025 yil
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing