18:51 / 19.12.2024
134 818

Britaniyada o‘zbek naqsh san’ati maktabi tashkil etildi

 

Britaniyada o‘zbek naqsh san’ati maktabi tashkil etildi.

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida britaniyalik taniqli mutaxassis va rassom Samira Mian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot avvalida Samira Mian O‘zbekistonda san’at va madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U kelgusida respublikadagi rassomlar va ijodkorlar bilan yaqin hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi.

Samira Mian o‘zining asos solgan naqsh san’ati maktabi haqida ham so‘zlab berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Xivada joylashgan tarixiy obidalardagi naqshlarni o‘rganish va ularni tasvirlash bo‘yicha xorijlik o‘quvchilardan juda ko‘plab takliflar kelib tushmoqda. Go‘zal geometrik naqshlarni chizish esa barcha uchun manzur bo‘lmoqda.

Suhbat yakunida ijodkor bilan mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik aloqalarini faollashtirishga kelishib olindi. Samira Mian matematika va geometriya fanlari o‘qituvchisi hisoblanadi va 2019-yilda ilk marta O‘zbekistonga sayohat qilgan. Ushbu sayohat davomida olingan ilhomdan kelib chiqib, Buyuk Britaniyada o‘zining o‘zbek naqsh san’ati maktabini tashkil etgan.

Maktabning o‘quv dasturlari va mahorat darslarida Samarqand, Toshkent, Buxoro va Xivadagi tarixiy obidalardagi naqshlarni o‘rganish va ularni tasvirlash amaliyotlari o‘rin olgan. Darslar jarayonida o‘quvchilarga naqshlarni tahlil qilish, chizish, rang tanlash va bo‘yash jarayonlari o‘rgatiladi. O‘quvlar gibrid shaklda tashkil etilgan bo‘lib, bu esa o‘quvchilarga yanada kengroq imkoniyatlar yaratadi.


Britaniyada, o‘zbek, naqsh, san’ati, maktabi, tashkil, etildi, UZNUR
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing