Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga doir yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga doir yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Kuni kecha madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, teatr, sirk, konsert-tomosha, madaniyat markazlarida faoliyat olib borayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga doir yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, vazirlik markaziy apparati xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari, teatr direktorlari va faxriylari, tizim tashkiloti rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masalada, Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 399-son qarorda ham sohani rivojlantirish, teatrlar faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq yangi istiqbolli tashabbus va loyihalar yuzasidan masalalar muhokama etilib, tegishli mas’ullarga topshiriqlar belgilandi.
Ikkinchi masalada, Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan 399-son qaroriga asosan bolalar musiqa va san’at maktablarining direktor, direktor o‘rinbosarlari va o‘qituvchi va konsertmeysterlari ish haqi miqdorlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab 10 foizga oshirilganligi, shuningdek, ko‘p yillardan beri ushbu ta’lim muassasalari oldida katta muammo bo‘lib kelgan maktablarning kommunal to‘lovlari 2025-yilning 1-fevralidan boshlab davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilanganligi hamda “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinganligi va ularda belgilangan vazifalar muhokama etilib, mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Madaniyat, musiqa, 2024, 2024 yil, vazir




