15:31 / 06.12.2024
156 898

O‘zbekiston eng qadimiy xalqaro ekologik tashkilot "The Nature Conservancy" bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekiston eng qadimiy xalqaro ekologik tashkilot "The Nature Conservancy" bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha konvensiya ishtirokchilarining 16-konferensiyasi (COP16) doirasida "The Nature Conservancy" global ekologik tashkiloti bosh direktori Jennifer Morris bilan uchrashdi.

Ma’lumot uchun, “The Nature Conservancy" (TNC) 1951-yilda AQShda tashkil etilgan nufuzli xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotidir. U 80 ta davlatda, 41 davlatdagi vakolatxonalari orqali faoliyat yuritadi va yillik aylanmasi 1,7 mlrd dollarga teng.
Uchrashuv avvalida J.Morris O‘zbekiston hukumatini so‘nggi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida erishgan yutuqlari bilan tabriklab, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) vakolatxonasi ochilganini yuqori baholadi. Shuningdek, TNC direktoriga mamlakatimizda atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
J. Morrisda, ayniqsa, Toshkentda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti ("Green University") tashkil etilgani katta taassurot qoldirdi. TNC bosh direktori ushbu universitetda ta'lim dasturlarini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlashga qiziqish bildirdi.
Muzokaralar chog‘ida ko‘plab rivojlangan davlatlar misolida tashkilotning yer, geologiya, tarmoqlararo muammolarni hal etish bo‘yicha katta tajribasi e'tirof etildi.
Uchrashuv yakunida chuqur tahlil o‘tkazish va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash uchun Tabiatni muhofaza qilish tashkilotining Oʻzbekistonga missiyasini yuborish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, J.Morris 2025-yil 24-noyabr – 5-dekabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan CITES Konvensiyasi (CITES COP20) ishtirokchilarining 20-konferensiyasida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.


O‘zbekiston, ekologik, tashkilot, The Nature Conservancy, 2024, 2024 yil, xabarlar, uznur
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing