10:35 / 14.12.2024
143 489

Xivalik tadbirkorning uyidan 1,8 kglik marixuanna moddasi topildi

 

Xivalik tadbirkorning uyidan 1,8 kglik marixuanna moddasi topildi.

Xiva tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxsning xonadoni belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida, bu yerda 1,8 kg.dan ziyod ogʻirlikdagi marixuana giyohvandlik vositasi yashirincha saqlanayotgani aniqlandi. 

Navbatdagi tezkor tadbir Xonqa tumanida oʻtkazildi. Shubha ostiga olingan shaxsning xonadoni koʻzdan kechirilganida, xonadon chordogʻida 2 kg.dan ziyod marixuana giyohvandlik vositasi saqlanayotgani fosh boʻldi. 

Xiva tumanida oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda esa oldindan kuzatuvga olingan shaxsning uyida 2,6 kg.dan ziyod marixuana hamda 3,7 gr. “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.

Barcha holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi


Xivalik, tadbirkorning, uyidan, kglik, marixuanna, moddasi, topildi, UZNUR
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing