13:39 / 12.12.2024
146 568

Buxoroda sugʻoriladigan yerda qumdan oltin ajratish bilan shugʻullangan fermer xoʻjaliklari aniqlandi

 

Buxoroda sugʻoriladigan yerda qumdan oltin ajratish bilan shugʻullangan fermer xoʻjaliklari aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.


Shofirkon tumanida faoliyat yurituvchi “B-T.” fermer xoʻjaligi rahbari T.J. xoʻjalikning sugʻoriladigan 0,6 gektar yer maydonini hech qanday hujjatsiz fuqaro J.U.ga qumdan oltin zarralarini ajratib olish faoliyatini amalga oshirishi uchun bergan.

Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 475,5 mln soʻm zarar yetkazilgan.

Ushbu tumandagi “R.N.” fermer xoʻjaligi ish boshqaruvchisi D.S. xoʻjalikning 0,4 gektar sugʻoriladigan yer maydonida noqonuniy qumdan oltin zarralarini ajratib olish faoliyatini amalga oshirib kelgan.

Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 187,1 mln soʻm zarar yetkazgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


buxoro, sugʻoriladigan, yerda, qumdan, oltin
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing