10:57 / 11.12.2024
149 143

Is gazidan saqlanish uchun nima qilish kerak?  

 

Is gazidan saqlanish uchun nima qilish kerak?  

Is gazi (CO) benzin, solyarka, mazut, tabiiy gaz, ko`mir, o`tin kabi har qanday uglerodli yonilg`i to`liq yonmaganda hosil bo`ladigan gaz.
CO hosil bo`lishi sabablari:
-  Dudbo`ron va pech nosozligi;
-  Uy isitishda gaz ballonidan foydalanish;
-  Yopiq binoda (masalan garajda) mashina dvigatelining ishlashi;
-  Gaz isitgichi ishlayotgan xonada havo almashuv tizimi yo`qligi;

Is gazidan zaharlanish belgilari:
Quruq yo`tal, tomoq bo`g`ilishi, quloq shang`illashi, ko`krak qismda qattiq og`riq paydo bo`lishi, bosh lo`qqillab og`rishi, bosh aylanishi, quloq bitishi, ko`ngil aynishi.
 
CO dan aharlanmaslik uchun qanday qoidalarga rioya qilish kerak?
-  Uyni gaz plitasi bn isitmang, hech qqachon gazni yoniq qoldirmang;
-  Deraza va ventilyatsiya tuynuklarini yopib tashlamang;
-  Yosh bolalarga gazdan foydalanishga ruxsat bermang va ularni yolg`iz tashlamang;
-  Gaz uskunalaridagi nosozliklarni o`zingiz tuzatmang, mutaxassis chaqiring;
-  Yonib turgan gaz ustida kiyim va sochlaringizni quritmang.
Gaz hidi paydo bo`lganda ko`rilishi kerak bo`lgan choralar va birinchi yordam:
-  104 raqamiga qo`ng`iroq qilib, mutaxassis chaqiring;
-  Barcha gaz kranlarini yoping va olov yoqmang;
-  Elektr uskunalarini yoqmang va o`chirmang
-  Xonani shamollating
-  Zaharlangan odamni toza havoga olib chiqing;
-  Nashatir spirit hidlating v tez yordam chaqiring;
-  Jabrlanuvchi o`ziga kelmagan holatda sun`iy nafas oldiring.

Qish mavsumini talofotlarsiz o`tkazib olish, o`zingiz va yaqinlaringiz hayotini saqlash uchun berilgan qoidalarga rioya qilishingiz so`raladi!


is, gaz, gazi, nima, qilish, kerak, ?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing