Ideal munosabatlar masshtabi: insonlar qay holatda bir-birlarini yaxshi tushuna oladilar?
Ideal munosabatlar masshtabi: insonlar qay holatda bir-birlarini yaxshi tushuna oladilar?
Hech o’ylab ko’rganmisiz: nega futbol jamoalari a’zolari 11 kishidan iborat?
Nega 10 yoki 12 emas? Bu ham, aslida, aniq bir qonuniyatlarga bo’ysunadi.
Aynan ushbu ideal aloqalar mashtabiga Yulo Vooglayd o’zining “Vatandoshlik dasturi” da atroflicha to’xtaladi.
Ya’ni sizni o’rab turgan turgan muhitda nechta kishi bo’lsa, siz bir-biringizni yaxshi tushunasiz, munosabatlar yaxshi kechadi, muloqotda chalkashliklar bo’lmaydi.
Ikki kishilik munosabat (diada) da insonlar bir-birini yaxshi tushunadi. Munosabatlar sog’lomligini saqlash qolish koeffitsientlari bunda ancha yuqoriroq. Siz biror bir muammoni bir piyola choy ustida bemalol hal qilib olsangiz bo’ladi, chunki ikki kishilik munosabatlarda atigi 4 ta bog’lanish bo’ladi.
Ammo uchta subyekt o’zlari o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlarning (triada) barcha aloqalarini bir vaqtning o’zida qamrab olishi juda va juda murakkabligi bilan ahamiyatlidir. Muloqot guruhiga har bir yangi a’zoning qo’shilishi manzarani sezilarli darajada murakkablashtiradi. Chunki bunday munosabatlarda 24 ta bog’lanish mavjud bo’lib, muloqot guruhida kimdir arazlasa yoki tushunmovchilik ro’y bersa, murosaga kelish ancha qiyinlashadi.
Beshdan ko’p kishi ishtirokidagi guruh ichidagi munosabatlarni kamdan-kam inson anglab yeta oladi. Shuning uchun tashkilot boshqaruviga besh-yettitadan ortiq kishini kiritish tavsiya etilmaydi. Aks holda munosabatlar kombinatsiyasi murakkabligi bilan bog’liq risk paydo bo’lishi mumkin.
E’tibor bergan bo’lsangiz, bir bir ofis yoki korxonada besh va yettitadan ortiq kishining bo’lishi orqasidan har xil noformal guruhlar vujudga kela boshlaydi. Sodda tilda aytadigan bo’lsak, xodimlar “qabila-qabila’ bo’lib ajralib oladi. Bunday vaziyatlarda oddiy holdan ko’ra ko’proq ziddiyatli vaziyatlalar, konfliktlar vujudga kelishi isbotlangan.
Endi hammamizni qiziqtirgan savol javobiga qaytsak. Nega futbol jamoalarida 11 kishi bo’ladi?
11 kishidan iborat guruh qobiliyatli, vazifalar va majburiyatlarini bajarishga tayyor, rahbar tomonidan yaxshi boshqariladi. Ular bir-birini bilishadi, lekin hokimiyatga da’vo qilishmaydi. Ularning har biri professional va mustaqil salohiyatga ega, qolganlari esa bu haqida biladi, va hisobga oladilar, maslahat so’rashadi. Har biri alohida professional va mustaqil salohiyatga ega, qolganlari esa bu haqida biladi va hisobga oladilar, maslahat so’rashadi, ortiqcha e’tiroz bildirishmaydi, bahslashmaydi va shubhalanishmaydi.
Bunday guruhlar o’z oldilariga qo’yilgan umumiy maqsad yoki aniq vazifani bajarish uchun yagona jamoada ishlashga rozi bo’lishadi.
Seminarlar, o’quv mashg’ulotlarini o’tkazish uchun 22-/+ 2 tavsiya qilinadi. Tadqiqotlarga ko’ra, yangi rahbar yoki o’qituvchi 20 kishining, tajribalilar esa 24 kishining reaksiyasini kuzatishi mumkin. Agar 24 dan ortiq o’quvchi bo’lsa, u o’quvchilarning har birini ko’ra olmaydi. Auditoriyaga qaraydi, lekin 2-3 o’quvchiga ko’zlash bilan kifoyalanadi.
Ijtimoiy nazoratni saqlab turish uchun 320 -/+ kishigacha.
Ma’lumotlarni maqsadsiz tarqatish uchun (agar bu aloqalar sizga ahamiyatli bo’lmasa) insonlar miqdorining ahamiyati yo’q.
Ilgari chalkashliklar yuzaga kelganda “Panama qilib tashladik” iborasi ishlatilgan ekan. Bu Panama kanali qurilishiga ishora bo’lib, unga dunyoning turli burchaklaridan turli millatlar va madaniyatlarga mansub ko’plab ishchilar jalb qilingan. Natijada, barcha ijtimoiy nazorat yo’qolgan, va jinoyatchilik darajasi yuqorilab ketgan.
Yuqoridagilarni aniq tafsilotlari bor. Hozir tushunganim qadar sizga ham informatsiya bo’lishdim, kelajakda yanada yaxshiroq tushunchalar bilan bu mavzuga qaytamiz.
Hayotda va ishda sifatli aloqalarga erishmoqchi bo’lgan har bir inson bularni nazarda tutib, ish tutsa foydadan holi bo’lmaydi deb o’ylayman.
Farmonova Mehrinoza
munosabatlar, insonlar, Ideal, 2024, 2024 yil, inson




