“Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!”
“Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!”
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar harbiy tibbiyot akademiyasida 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda Adliya vazirligi yuristlar malakasini oshirish markazi, Kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish kafedrasi o‘qituvchilari, Toshkent shahar adliya boshqarmasi vakillari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib, yangi tahrirdagi bosh Qomusimizda “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asos qilib olingani, har bir moddada inson qadri, uning huquq va erkinliklari aks topganini qayd etishdi.
Shuningdek, Bosh qomusimizning yaratilish tarixi, ayniqsa, uning yangi tahriri ahamiyatiga alohida toʻxtalib, milliy va umuminsoniy gʻoyalarni oʻzida mujassam etgan, xalqimizning barcha qatlamlarining manfaatlarini ifodalovchi Bosh qomusimiz tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarining asosi boʻlib xizmat qilayotganini alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida kursantlar ham asosiy qonunimizda belgilab berilgan normalar nafaqat davlat va jamiyat, shu bilan birga, har bir fuqaroning vazifasi ekanligi haqida fikr bildirib o‘tishdi.
Konstitutsiya, erkin, farovon, hayot, uznur, xabarlar, siyosat, xabar




