O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari telefon orqali muloqot qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston xalqi milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahatiyasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 5-dekabr kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqot chogʻida O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan muloqot qilisgdi.
Turkman xalqining milliy yetakchisi davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Tomonlar avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va bo‘lajak sammit uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rishga e’tibor qaratdi.
O'zaro aloqa va almashinuvlar sezilarli darajada faollashgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan oyda Hududlar forumi, sanoat ko‘rgazmasi, Turkmanistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari samarali o‘tkazildi. Bundan tashqari, Ashxobodda o‘zbek tilidagi asarlar to‘plami taqdimoti hamda atoqli mutafakkir va shoir Maxtumquli Firog’iy haqidagi qo‘shma badiiy film namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshdi. Yuk tashish, jumladan, Turkmanboshi porti orqali yuk tashish hajmi ortib bormoqda.
Shovot-Toshhovuz chegara zonasi qurilishi davom etmoqda. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalardagi hamkorlik chuqurlashib bormoqda.
Energetika va suvdan foydalanish sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, joriy xalqaro vaziyat va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Mirziyoyev, Shavkat, O'zbekiston, Turkmaniston, muloqot, 2024, 2024 yil, siyosat




