Toshkent shahar kengashi deputatlari Veolia Energy Tashkentning tariflarni oshirish bo‘yicha taklifini ma’qulladi.
Qarorga ko‘ra:
- Aholi uchun issiq suv va issiqlik tariflari 15% ga,
- Yuridik shaxslar uchun 40% ga,
- Byudjet tashkilotlari uchun esa 18,8% ga oshiriladi.
Shahar deputatlaridan birortasi ham monopolistning taklifiga qarshi chiqmagan. Shuningdek, poytaxt byudjeti xarajatlarini qisqartirish yoki subsidiya siyosatini qayta ko‘rib chiqish masalasi ham ko‘tarilmagan.
Mutaxassislar fikricha, yoqilg‘i tanqisligi va qishda kuzatilgan uzilishlar fonida bu qaror navbatdagi inflyatsion to‘lqinga sabab bo‘lishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

O‘zbekistonda yangi oydan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston hali ham yod tanqisligi bo‘yicha og‘ir hudud bo‘lib qolmoqda — Senat qo‘mitalari

Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar

Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz miqdorida o‘zgarishsiz qoldirdi

“Hududiy elektr tarmoqlari” elektr energiyasi tariflari nima uchun oshirilayotganiga izoh berdi UzNur.uz