15:40 / 18.08.2025
5 965
Jizzaxda aqidaparastlik materiallarini tarqatgan yigit qamoqqa hukm qilindi
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida 19 yoshli yigit internet orqali aqidaparastlik ruhidagi materiallarni tarqatib kelgani aniqlanib, sud hukmi bilan 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Sevimli telekanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u 2022-yildan buyon “Hizb ut-Tahrir” tashkiloti yetakchilari g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi audio va video materiallarni tinglab, tarqatib kelgan.
Sud jarayonida prokuror unga 9 yil qamoq jazosi tayinlashni so‘ragan bo‘lsa-da, sud oxir-oqibat jinoyat kodeksining 159-moddasi 3-qismi “b” bandi va 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi asosida 5 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilishga hukm chiqardi.
Jazo umumiy tartibli koloniyada o‘talishi belgilandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Toshkentda 3 yoshli bolani pichoqlab o‘ldirgan erkak 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Qozog‘iston Prezidenti narkotik moddalar ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni

“The Economist” nashri Do’stov ishi bo’yicha tahliliy maqola e’lon qildi UzNur.uz

O'g'rilikka tushgan yigit uy egasini o'ldirdi UzNur.uz