16:45 / 11.08.2025
3 926
Toshkentda 50 mingta “aqlli” suv hisoblagichi o‘rnatiladi
“Toshkent shahar suv ta’minoti” matbuot kotibi Ravshan Yoqubjonovning ma’lum qilishicha, 2025-yil oxirigacha poytaxtda 50 ming dona onlayn ishlaydigan sovuq suv hisoblagichi o‘rnatiladi. Ishlar iyul oxiridan Yangihayot tumanida boshlangan.
Qurilmalar bundan avval ikki yil davomida Shayxontohur tumanida sinovdan o‘tkazilgan. Loyiha Fransiyaning Suez kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda va 7 yilga mo‘ljallangan.
Yangi tizim hisob-kitoblarni avtomatlashtiradi, ma’lumotlarni onlayn bazaga uzatadi, xatoliklarni kamaytiradi hamda iste’molchi va ta’minotchi o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etadi. Shuningdek, shahar suv taqsimotini samarali boshqarishga imkon beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Toshkentdagi mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari uzluksiz rejimga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilmoqda UzNur.uz

Yog‘och uylarda yashovchi aholiga tekinga tayyor yangi xonadon taqdim etiladi

“Samsung” aqlli soatlarida glyukoza darajasini o‘lchash funksiyasini joriy etadi

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi