10:10 / 10.12.2024
150 529

O‘zbekistonda gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilmoqda UzNur.uz

 
 O‘zbekistonda gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilmoqda.



Energetika vazirligi keskin sovuq tufayli elektr va gazga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshganini ma’lum qildi. Quvurlarda gaz bosimining pasayishi sababli bir qator gaz quyish shoxobchalarining faoliyati vaqtincha cheklanmoqda. Biroq elektr energiyasini yetkazib berishga majburiy cheklovlar kiritilmaydi.


‘zbekiston Energetika vazirligi keskin sovuq sharoitida aholini uzluksiz energiya ta’minoti bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda mamlakat hududiga sovuq havo oqimi kirib kelishi tufayli energiya resurslariga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi. Kunlik tabiiy gaz iste’moli o‘tgan haftaga nisbatan 20 foizga, elektr energiyasi iste’moli esa 15 foizga ko‘paydi.

Energetika vazirligi sovuq kunlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish uchun 1600 dan ortiq kecha-kunduz ishlaydigan guruh tashkil etilganini ma’lum qildi. Ushbu guruhlar zarur transport vositalari va zaxira uskunalar bilan ta’minlangan:

  • elektr ta’minoti kompaniyalariga 877 ta avtotransport va 450 ta maxsus texnika;
  • gaz ta’minoti kompaniyalariga 220 ta avtotransport, 259 ta maxsus texnika va 567 ta payvandlash apparati berildi.

Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya bilan ta’minlovchi inshootlar 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi. Ishlarning bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatildi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish vaqti o‘tgan yilga nisbatan 3−3,5 soatdan 1−1,5 soatga qisqartirildi, deyiladi xabarda.

 


elektr, energetika, cheklovlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing