22:52 / 28.07.2025
8 087

O‘quvchilarni maktabdan maktabga ko‘chirish 1-avgustdan davom ettiriladi

 


 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori asosida amalga oshirilayotgan o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati 2025-yil 31-iyulgacha vaqtincha to‘xtatilgan edi.


 Bu oraliqda erp.maktab.uz elektron platformasi orqali:

  • Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik,
  • O‘quvchilarni sinfdan-sinfga o‘tkazish,
  • Maktablar reestrini yangilash ishlari olib boriladi.


 1-avgustdan boshlab o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish xizmatlari yana faoliyatini tiklaydi.




ℹ️ Eslatma:


  • Ariza berish faqat elektron tarzda — erp.maktab.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
  • Kerakli hujjatlar va shartlar ham shu tizimda ko‘rsatiladi.
  • Ko‘chirishda maktab quvvati, joy mavjudligi, ota-onaning yashash manzili kabi omillar hisobga olinadi.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing