10:55 / 08.07.2025
42 488
Turkiyada o‘zbekistonlik ayol otib o‘ldirildi
5-iyul kuni Turkiyaning Aydin viloyatida joylashgan restoranda ishlagan 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ayolga o‘q tegib, u voqea joyida vafot etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma ofitsiant bo‘lib ishlagan. Hozirda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra:
– 5 nafar gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olingan
– Tergov harakatlari davom etmoqda
Bosh konsulxona hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi:
– Marhumaning jasadini O‘zbekistonga qaytarish
– Oilasiga zarur yordam ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanmoqda
Rasmiy organlar bu boradagi har qanday yangilik haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi mumkinligini bildirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Ayolga jismoniy tiriklikning o‘zi yetarli emas!

Xorazmda 71 yoshli ota ov quroli bilan o`g`lini otib o`ldirdi UzNur.uz

Rossiyadagi YTH oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

O‘zbekiston bosh konsulxonasi qarindoshi fohishalikka majburlagan qizning Turkiyadan qaytishiga yordam berdi

1-martdan pensiyalar proaktiv shaklda tayinlanadi