O‘zbekiston bosh konsulxonasi qarindoshi fohishalikka majburlagan qizning Turkiyadan qaytishiga yordam berdi
O‘zbekiston bosh konsulxonasi qarindoshi fohishalikka majburlagan qizning Turkiyadan qaytishiga yordam berdi.
Diplomatlar va jamoat tashkilotlari xolavachchasi ish topib berishini aytib, Turkiyaga chaqirgan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosining uyiga qaytishiga ko‘maklashdi. Qizni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilishgan. Mahalliy politsiya uyushgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi aldov yo‘li bilan Turkiyaga olib kelingan odam savdosi qurboniga yordam ko‘rsatdi, deb xabar berdi muassasa matbuot xizmati.
Mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur holatga aloqador bo‘lgan va Turkiyada odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
15 noyabr kuni jamiyatlar bilan hamkorlikda fuqaro F.H. O‘zbekistonga qaytarildi.
O'zbekiston, Turkiya, 2024, 2024 yil




