15:07 / 17.12.2024
138 462

Rossiyadagi YTH oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

 

Rossiyadagi YTH oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.

Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinada bo‘lgan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Hozirda ularning jasadlarini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
  
Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi.

Qayd etilishicha, holat 17-dekabr ertalab soat 05:10 atrofida Ulyanovsk viloyatidan o‘tadigan Saransk — Surskoye — Ulyanovsk yo‘nalishida sodir bo‘lgan.

Rossiya IIV Ulyanovsk viloyati boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga chiqib ketgan va MAZ yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda 5 nafar O‘zbekiston fuqarolari — 49 yoshli K.S., 47 yoshli A.A. va B.O., 36 yoshli J.I. hamda 20 yoshli K.A. halok bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Bosh konsulxona holat nazoratiga olinib, vakolatli organlar bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilayotgani va halok bo‘lganlarning jasadlarini vatanga qaytarish ishlari ko‘rilayotganini bildirdi.


Rossiya, YTH, avariya, 5, nafar, odam
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing