12:00 / 02.07.2025
52 857

Rohat aylanasining yopilishi ortidan Qo‘yliq ko‘prigi va Farg‘ona yo‘lida katta tirbandlik yuzaga keldi

 

 Toshkent shahridagi Rohat aylanasida yo‘l ta’mirlash ishlari boshlanganidan so‘ng, atrofdagi yo‘llarda, xususan, Qo‘yliq ko‘prigi, Farg‘ona yo‘li, va Yunusobod–Sergeli yo‘nalishida kuchli tirbandliklar kuzatilmoqda.



Guvohlar ma’lumotiga ko‘ra, 2–3 km masofani bosib o‘tish uchun ba’zida 1 soatgacha vaqt talab qilinmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar bu holatni “Toshkent Toshkent bo‘lib bunday tirbandlikni ko‘rmagan”, deya baholamoqda.

 Ma’lumot uchun, Rohat aylanasidagi ta’mirlash ishlari yo‘l harakati xavfsizligi va infratuzilmani yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar qachongacha davom etishi haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing