O‘zbekiston bosh narkologi: 10 yoshli bola ham narkologik ro‘yxatda turibdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh narkologi va Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Zarifjon Ashurov O‘zbekistonda yoshlar orasida sintetik giyohvandlik va “dorixona narkomaniyasi” tobora kengayib borayotgani va bu holat yildan-yilga yosharib borayotgani haqida ogohlantirdi.
Raqamlar:
- Mamlakatda hozirda 5 mingga yaqin shaxs narkologik dispanserda ro‘yxatda turadi.
- Ular orasida hatto 10 yoshli bola ham mavjud bo‘lib, bu holat mutaxassis tomonidan “juda achinarli” deb baholandi.
Zarifjon Ashurovga ko‘ra, giyohvandlikka qarshi kurashda faqat tanani davolash yetarli emas — psixologik muammolarni hal qilish va ijtimoiy moslashuvni ta’minlash ham muhim.
“Yoshlar bilan suhbatlashganimizda, ularning aksariyati giyohvandlikka kirib ketishiga “yaqinlarim meni eshitmaydi”, “fikrim bilan hech kimning ishi yo‘q” kabi psixologik sabablarni keltiradi”, — deydi bosh narkolog.
Mutaxassislar ogohlantirmoqda:
Sintetik moddalar va dorilar orqali giyohvandlikka mukkasidan ketayotgan yoshlar sonining ortib borayotgani jamiyat uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bunday holatlarning oldini olishda ota-onalar, maktab, jamiyat va psixologlarning roli beqiyos.




