07:31 / 19.06.2025
312

Avtobuslarning onlayn xaritasi O‘zbekistonning 13 ta shahrini qamrab oldi

 


 O‘zbekistonda jamoat transportini real vaqt rejimida kuzatish texnologiyasidan foydalanish imkoniyati kengaytirildi. Ilgari bu imkoniyatdan faqat Toshkent va Samarqand aholisi foydalana olgan bo‘lsa, endi tizim yana 11 ta shaharni o‘z ichiga oldi:


Angren, Andijon, Buxoro, Jizzax, Guliston, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Urganch va Farg‘ona.


 Yangilangan xizmat tufayli endi yo‘lovchilar avtobusning joylashuvini, yetib kelishiga qancha vaqt qolganligini ko‘rishlari va eng qulay yo‘nalishni tanlashlari mumkin.


 Loyiha O‘zbekiston Transport vazirligi ko‘magida shahar infratuzilmasini raqamlashtirish va fuqarolar uchun qulayliklarni oshirish doirasida amalga oshirilmoqda.


 Transportni raqamlashtirish keng ko‘lamli islohotlar sari birinchi qadam bo‘lishi mumkin: yo‘l haqini to‘lashni birlashtirish, yo‘nalishlarni optimallashtirish va tirbandliklarni kamaytirishgacha.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing