20:51 / 18.06.2025
76 068

CAMCE Engineering Co., Ltd bilan hadli bitim imzolandi

 


Toshkent shahar hokimligi, "Toshkent Invest Kompaniyasi" AJ va "Yangi avlod" maxsus iqtisodiy zonasi bilan Xitoyning CAMCE Engineering Co., Ltd kompaniyasi o’rtasida hadli bitim imzolandi.


 Hujjat uchta asosiy yo‘nalishda hamkorlikni nazarda tutadi:


▪️ "Yangi avlod" MIZ hududini birgalikda boshqarish;

▪️ strategik investorlar va yangi texnologiyalarni jalb etish;

▪️ zonaning ichki infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiya kiritish.


 Kelishuv CAMCE boshqaruv kengashi raisi janob Van Bo ishtirokida imzolandi.


Bu qadam poytaxtning sanoat rivojlanishi va iqtisodiyotning ustuvor sohalariga xalqaro investitsiyalarni jalb etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. 











Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing