Toshkentda yo‘llarni ta’mirlash mavsumi boshlanmoqda
Toshkent shahar hokimligi 7 martdan transport oqimi faol bo‘lgan ko‘chalarda ta’mirlash ishlarini boshlaydi.
Poytaxt ma’muriyatining ma’lum qilishicha, tirbandliklarning oldini olish uchun ta’mirlash ishlari transport harakati eng kam bo‘lgan vaqtlarda tashkil etiladi. Hozircha qaysi ko‘chalarda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilishi noma’lum.
Qish mavsumi tugashi bilan poytaxtda ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha faol ishlar boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarini amalga oshirish, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda shahar aholisi va jamoat transportining harakatlanishi uchun qulayliklarni oshirish maqsadida Toshkent shahrining transport oqimi faol bo‘lgan ko‘chalari holati tekshirildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 2025-yilda joriy va kapital ta’mirlash talab qilinadigan ko‘chalar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan manzilli ta’mirlash dasturi ishlab chiqildi. Dastur doirasida umumiy maydoni 65 000 m² dan ortiq bo‘lgan yo‘llarni ta’mirlash rejalashtirilgan, jumladan:
Ishlar qoplamaning uzoq muddat chidamli bo‘lishini ta’minlaydigan texnologiyalar va materiallarni qo‘llagan holda ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar tomonidan 7-martdan boshlab amalga oshiriladi.
Tirbandliklarning oldini olish va noqulayliklarni kamaytirish maqsadida yo‘l ishlari asosan transport harakati eng kam bo‘lgan soatlarda tashkil etiladi.




