10:37 / 21.02.2025
27 904
Oʻzbekiston xalq artisti Nafisa Toʻxtayeva 83 yoshida vafot etdi

Oʻzbekiston xalq artisti, mashhur maqom ijrochisi Nafisa Toʻxtayeva 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Nafisa Toʻxtayeva Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasida, Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblida xonanda sifatida ijod qilib, 50 dan ortiq mumtoz musiqa namunalarini “Oltin fond”ga muhrlagan. Uning ijrosidagi “Saraxbori Oromijon”, “Qashqachai Savti Sabo”, “Ey Nazokat” kabi kuylar xalqimiz maʼnaviy merosining durdonalariga aylangan.
“U nafaqat sanʼatkor, balki jonkuyar, oilaparvar va kamtarin inson sifatida hamkasblari va muxlislari yodida qoladi. Madaniyat vazirligi jamoasi Nafisa Toʻxtayevaning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

"Maqom yo‘llarida yaratilgan eng yaxshi asar" VI Respublika tanlovi o‘tkazildi.

Taniqli xonanda Baxtiyor Sultonov vafot etdi

Turkmanistonning Ashxobod shahrida O’zbekiston madaniyat kunlari bo’lib o’tmoqda

Murat Go‘gebakanning mashhur “Vurgunum” qo’shig’i xiyonati tufayli yozilganmi?

Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni