15:07 / 28.12.2024
120 015

Murat Go‘gebakanning mashhur “Vurgunum” qo’shig’i xiyonati tufayli yozilganmi?

 

Murat Go‘gebakanning  mashhur “Vurgunum” qo’shig’i xiyonati tufayli yozilganmi?

2014-yilda qon saratoni tufayli vafot etgan Anado‘lu rok musiqasining sevikli nomlaridan biri Murat Go‘gebekanning eng mashhur “Vurgunum” qo’shig’i xotinining xiyonati tufayli yozilgan degan mish-mishlar yuradi.
Bu gap-so’zlar umuman haqiqatdan yiroqligi haqida xonanda tirikligidayoq izohlab bergan:
"Ben gönlümün ayak bağını (men ko’nglimning bog’ichini )
Senin kapına astımda geldim ( sening eshigingga osdim-da keldim)
Ben gönlümün gözyaşlarını   ( men ko’nglimning ko’zyoshlarini
Senin yollarına döktüm de geldim (sening yo’llaringda to’kdim-da keldim)
Ben gönlümün ateşini (men ko’nglimning otashini)
Senin gözlerinden aldım da geldim ( sening ko’zlaringdan oldim-da keldim)
Vurgunum, yorgunum    ( Men charchadim, juda charchadim)
Senin yoluna ölürüm ben ( Sening yo’lingda o’laman men)
Vurgunum, yorgunum"    ( Men charchadim, juda charchadim)
Ham she’r, ham musiqa muallifi Murat buni quyidagicha talqin qiladi: “ Qo’shiq matnida quyidagi so’zlar bor. “ Men ko’nglimning bog’ichini sening eshigingga osdim-da keldim” Ya’ni men hamma narsasi bilan ko’nglimning jilovini sening eshigingda osdim-da keldim. Bu bilan dunyoga bog’liq har qanday istagimning berkitdim, ixtiyorimni senga topshirdim” dedim.Chunki bir qulning yagona keta biladigan joyi agar sabr qilsa mukofot oladigan joyi shubhasiz Allohning huzuridir, Men ilk Madina-yu munavvaraga ketganda peshin namozi vaqtida akam “ Inshaaloh sen shu yerda bir she’r yozasan” degandi. Unga “Nasib qilsa, qilmasa Nasib qilganga’’ dedim. Ravzaning qarshisidan o’tayotganda akamga “ Men ko’nglimning bog’ichini sening eshigingga osdim-da keldim” dedim.

Aslida, orginali quyidagicha edi “ Men oyog’ bog’ichimni balo ko’chasining ostonasiga osib keldim” Ya’ni “Mavzuni yopdim, hamma narsani bitirdim men. Yuragim pok holda ketmoqchiman va senga shu holda keldim, samimiy keldim”

 Xufton namozidan so’ngra yosh ukalarim  bilan suhbat qurarkanman, qalbimdagi ishq otashini ularga ham so’zladim va o’sha kecha “Vurgunum” qo’shig’i vujudga keldi. 

Qo’shiq 11 yillik rafiqasining xiyonati tufayli yozilmagan bo’lsa-da, bu voqea xonanda hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan.

2009-yilda gripp simptomlari sabab shifoxonaga yotqizilgan Murat Go‘gebekan o’zining qon saratoni bilan kasallanganini bilib qoladi. 2 yillik uzoq muolajadan so’ngra oyoqqa turgan xonanda 11 yillik rafiqasi unga xiyonat qilganini bilgandan so’ngra qayta yotib qoldi. 

O’g’lining o’limidan so’ng onasi intervyularidan birida : “ O’g’lim saratonni yengdi, ammo xiyonatga dosh berolmadi” degam so’zlari butun Turkiyani larzaga slogan edi. Xiyonatni bilgandan so’ng Murat qayta muolaja olishni ham rad etgan.


ko’nglimning, Murat, sening, tufayli, Senin, osdimda, keldim”, bilan, “Vurgunum”, qo’shig’i, xiyonati, xonanda, gönlümün, bog’ichini, geldim, eshigingga, keldim), so’ngra, yillik
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing